Nukuselectroapparat
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining tashabbusi hamda O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 13-iyundagi “Nukus shahrida elektrotexnika mahsulotlari ishlab chiqarishni tashkil etish to‘g‘risida”gi PQ-3055-sonli Qaroriga muvofiq, Qoraqalpog‘iston Respublikasida zamonaviy energiya tejamkor uskunalar ishlab chiqarishni tashkil etish va import o‘rnini bosuvchi mahsulotlarni yanada mahalliylashtirish maqsadida tashkil etilgan.
Korxona yetakchi Yevropa va Osiyo ishlab chiqaruvchilarining zamonaviy texnologik uskunalari bilan jihozlangan bo‘lib, fotoelektr modullari, inverterlar va energiya ta’minoti tizimlarini ishlab chiqarishni yo‘lga qo‘ygan.
Shu bilan birga, “Nukuselectroapparat” MChJ O‘zbekiston elektrotexnika sanoatining boshqa yetakchi kompaniyalari, xususan, “O’zelektroapparat-Electroshield” AJ, “Toshelectroapparat” MChJ va “Chirchik Transformator Zavodi” AJ bilan hamkorlikda davlat ahamiyatiga molik loyihalar hamda investitsiya loyihalarini, shu jumladan, “tayyor holda topshirish” (kalit ostida) shartlari asosida amalga oshirishda ishtirok etmoqda.
Bizning korxonamiz ob’yektlarni elektr energiyasi bilan ta’minlash sohasida “majmuiy yechimlar” yetkazib beruvchisi sifatida tanilgan. Bu xizmatlar sirasiga ob’yektlarni elektr bilan ta’minlash loyihalarini ishlab chiqish, uskunalarni ishlab chiqarish, yetkazib berish, montaj qilish, sozlash-ishga tushirish, shuningdek, kafolatli va kafolatdan keyingi davrda yetkazib berilgan uskunalarga servis xizmati ko‘rsatish kiradi.
